11:54 / 20.04.2016
6016

Imzo brendi - yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda

2016 yilning 15 aprelida Toshkent shahrida O‘zbekiston va MDH davlatlarida eng yirik va birinchi - Imzo derazalar fabrikasi ochiladi. Bu ajoyib loyiha O‘zbekiston bozorlarida yetakchilik qilib kelayotgan Akfa derazalari ishlab chiqaruvchisining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.

Deraza ishlab chiqarishda materialning sifati muhim rol tutadi. Imzo fabrikasida derazalar O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan Engelberg va Akfa brendlarining yuqori sifatli materiallaridan ishlab chiqariladi, ular Yevropa labaratoriyalarida sinovdan o‘tkaziladi. Mahalliy yoki import ishlab chiqaruvchining furniturasi buyurtmachining tanloviga qarab taqdim etiladi.

Imzo fabrikasining o‘ziga xosligi shundaki, u tayyor derazalarni ishlab chiqarishda yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan. O‘z ixtiyorida deraza ishlab chiqarish bo‘yicha 15ta avtomatlashtirilgan va 4ta argon bilan to‘ldirilgan energiya tejovchi oyna ishlab chiqaruvchi robotlashtirilgan liniyaga ega fabrikada 500dan ortiq ishchi o‘rinlari tashkil etilgan. Fabrika bir kecha-yu kunduzda 4.500ta tayyor mahsulot ishlab chiqara oladi.

Fabrikada yig‘ish endi deraza sifat standartlari haqidagi tasavvurlarni butkul o‘zgartirib yuboradi. Imzo fabrikasining ishlab chiqaruv liniyalari Yevropadan keltirilgan. Ular kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Ishlab chiqarishning barcha operatsiyalari - profilni kesish, payvandlash va frezirovka qilishdan furnitura, mexanizm va oynalarni jihozlashgacha robot tomonidan avtomatik ravishda yuqori aniqlik bilan bajariladi.

Toshkentda deraza buyurtma qilishda tanlov, hisob-kitob, hajmlar va rasmiylashtirish bo‘yicha yordam beruvchi xodimlar xizmat ko‘rsatuvchi maxsus va qulay shou-rumlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuklash va transportirovka qilish texnologiyasiga qat'iy amal qilinib, mahsulot mo‘ljallangan manzilgacha bus-butun yetakaziladi, professional ustalar esa ishlab chiqaruvchining tavsiyalari va qoidalariga muvofiq montaj ishlarini amalga oshirishadi.

Imzo fabrikasiga yuklatilgan vazifa - bu O‘zbekiston aholisini yanada sifatli mahsulot bilan ta'minlash va deraza sanoatida texnologik taraqqiyotni targ‘ib qilish. Texnologiya olami bizga har kuni yangi imkoniyatlar doirasini ochib beruvchi yanada aqlliroq takliflar bildirmoqda.

Biz Imzo fabrikasining katta salohiyatiga hamda u ishlab chiqarayotgan derazalarining sifati yuqori baholanishiga ishonch bildiramiz. Kelajakda assortimentni kengaytirish bo‘yicha jahon standartlariga javob beruvchi va iste'molchining talabini qondiruvchi istiqbolli rejalar tuzmoqdamiz. Sizning ishonchingiz va mamlakatimiz kelajagi biz uchun qadrli! Biz o‘lkamizning ravnaqi va gullab-yashnashi uchun har tomonlama xizmat qilishga tayyormiz.
Imzo fabrikasi derazalari - yangi Yevropa standarti O‘zbekistonda!

Murojaat uchun telefonlar: (99871) 207-77-77
Rasmiy sayt: imzogroup.uz, www.imzo.uz

Reklama huquqlari asosida. 

Top