15:28 / 20.04.2016
2071

Namangan viloyatida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

19 aprel kuni Namangan viloyatining 1 ta shahar, 4 ta tumanida shundan, Namangan shahri, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Namangan tumanlaridagi 49 ta umumta'lim maktablari, 24 ta kasb-hunar kolleji, 1 ta oliy ta'lim muassasasida 4 ta madaniyat va aholi dam olish markazida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlarda 100 nafardan ziyod taniqli san'atkor va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, ularda jami 18 798 nafar, shundan 11 155 nafari umumta'lim maktab o‘quvchilari, jami 1 295 nafar madaniyat va aholi dam olish markazida 5 048 nafar kollej o‘quvchilari 1 300 nafar oliy ta'lim muassasasi talabalarining ishtiroki ta'minlandi.

Tadbirlarda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar va madaniyat xodimlari, O‘zbekiston xalq shoir va yozuvchilari o‘quvchi va talaba yoshlarga mustaqillikka qadar bo‘lgan davr va mustaqilikdan so‘ng erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni solishtirib, yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga, Vatanga, jamiyatga munosib farzand bo‘lishga chaqirdilar.

Targ‘ibot tadbirlari 23 aprelga qadar davom etadi.

Top