08:45 / 20.04.2016
1826

Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding binosi Tramp va Klintonning g‘alabasi sharafiga turli ranglarda yoritildi

Nyu-York ramzi va dunyodagi eng baland binolardan biri hisoblanuvchi Empayr-steyt-bilding binosi Nyu-York shtatida o‘tkazilgan, AQSh prezidenti lavozimiga Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining birlamchi saylovlarida nomzodlarning g‘alabasi sharafiga turli ranglarda yoritib turildi.

Shtatdagi birlamchi saylovda respublikachi nomzod Donald Tramp g‘alabasi sharafiga bino qizil rang, demokratlar nomzodi Xillari Klinton g‘alabasi sharafiga esa ko‘k rang bilan yoritildi.

Boshqa nomzodlar g‘olib bo‘lgan taqdirda bino ular tomonidan avvalroq tanlangan ranglarga burkanishi kerak edi.

Klinton va Tramp bu saylovlarda o‘z raqiblaridan o‘zib ketdilar.

Top