19:49 / 20.04.2016
2083

OO‘Yuda byudjyet asosida ta'lim oluvchilarning 3 yil ishlab berish tartibi ma'lum qilindi

Byudjyet asosida o‘qiganlar 3 yil majburiy ishlab beradi va keyin diplomini oladi, degan gap bor. Magistraturada o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lganlarga ishlab berish muddati cho‘ziladimi yoki shu uch yil muddat ichida ish joyini o‘zgartirsa, berilgan muddat qaytadan hisoblanadimi?

Ushbu jarayon 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda. Agar Oliy ta'lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatini tamomlagan bitiruvchilar magistratura to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Oliy ta'lim muassasalarini to‘lov-kontrakt asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, ta'lim muassasasi, korxona yoki tashkilotga turli lavozimlarda ishlagan muddat hamda ta'lim muassasasi, korxonasi yoki tashkilotga mansub bo‘lgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xo‘jalik boshqaruv organi) boshqa ta'lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga ko‘ra ishlagan muddat bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan uch yillik muddatga ham kiradi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lumotiga asoslanib, “Darakchi” nashri xabar bergan.

Top