16:00 / 20.04.2016
1526

Shvetsiyalik dunyoning eng yaxshi somelesi deb tan olindi

Shvetsiyalik Yon Arvid Rosengren Argentinaning Mendos shahridagi tanlovda eng yaxshi somele (vinolar bo‘yicha mutaxassis) deb tan olindi. Bu haqida La Nacion nashri xabar berdi.

31 yoshli Rosengrenning iqror bo‘lishicha, g‘alaba u uchun kutilmagan bo‘ldi, chunki final oson kechmagan. Finalda u Fransiya va Irlandiyadan kelgan raqiblaridan o‘zib ketdi, Argentina vakili to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Umumiy hisobda tanlovga 58 mamlakatdan jami 60 nafar somele kelgan.

Rosengren 2010 va 2011 yillarda Shvetsiyaning, 2013 yilda esa Yevropaning eng yaxshi somelesi deb tan olingan.

Top