09:21 / 21.04.2016
1566

A seriya. «Yuventus» «Latsio»ni yirik hisobda yengdi va boshqa natijalar

20 aprel kuni Italiya A seriyasining 34-turida yana 7ta uchrashuv o‘tkazildi. Bir kun oldin «Napoli» o‘z maydonida «Bolonya»ni 6:0 hisobida taslim etgandi.

20 aprel oqshomida esa Rimning «Roma» jamoasi Turinning «Torino» jamoasini qabul qilib, Tottining gollari evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Turinning boshqa jamoasi «Yuventus» Rimning ikkinchi jamoasi «Latsio»ni yirik hisobda taslim qildi. Bu Simone Indzagi boshqaruvidagi «Latsio»ning birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Endilikda «Yuventus» oldindagi 4ta turdan faqatgina bittasini o‘z foydasiga hal qilsa ham, muddatidan oldin chempionlikni nishonlaydi va bu jamoaning ketma-ket beshinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishi bo‘ladi.

Bu turda shuningdek, «Inter» va «Fiorentina» jamoalari o‘z o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchradi.

«Milan» — «Karpi» uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.

34-turdan keyin «Yuventus» 82, «Napoli» 73, «Roma» 68, «Inter» 61, «Fiorentina» 59 ochkoga ega.

Italiya A seriyasi
34-tur bellashuvi
20 aprel, chorshanba

«Yuventus» — «Latsio» 3:0
Gollar: Mario Manjukich, 39 (1:0). Paulo Dibala, 52-pen (2:0). Paulo Dibala, 64 (3:0).
Yuventus – Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Rugani, Lixtshtayner, Xedira (Sturaro, 70), Ernanes, Pogba (Asamoa, 82), Aleks Sandro, Dibala (Dzadza, 75), Manjukich.
Latsio – Marketti, Gabarron, Xudt, Xentiletti, Lulich, Onazi, Bigliya (Kataldi, 77), Parolo (Milinkovich-Savich, 46), Felipe Anderson (Basta, 53), Jorjyevich, Keyta.
Ogohlantirishlar: Gabarron (41), Lulich (52), Sturaro (75).
Chetlatish: Gabarron (48).

«Sassuolo» — «Sampdoriya» 0:0
Noaniq penalti: Domeniko Berrardi, 89 (Sas).
Chetlatish: Andrea Ranokkya, 27 (Sam).

«Jyenoa» — «Inter» 1:0
Gol: Sebastyan de Mayo, 77 (1:0).

«Kevo» — «Frozinone» 5:1
Gollar: Daniel Chiofani, 5 (0:1). Floro Flores, 36 (1:1). Serjio Pellise, 47-pen (2:1). Nikola Rigoni, 58 (3:1). Jannero Sardo, 60 (4:1). Serjio Pellise, 80 (5:1).

«Palermo» — «Atalanta» 2:2
Gollar: Franki Vaskes, 2-pen (1:0). Marko Borrello, 11-pen (1:1). Gabriel Paletta, 55 (1:2). Alyaj Struna, 76 (2:2).
Chetlatish: Roberto Vitiyello, 90 (P).

«Roma» — «Torino» 3:2
Gollar: Andrea Belotti, 35-pen (0:1). Konstantinos Manolas, 66 (1:1). Xosef Martines, 80 (1:2). Franchesko Totti, 87 (2:2). Franchesko Totti, 89-pen (3:2).

«Udineze» — «Fiorentina» 2:1
Gollar: Duvan Sapata, 2 (1:0). Mauro Sarate, 24 (1:1). Siril Tero, 53 (2:1).

«Empoli» — «Verona» 1:0
Gol: Massimo Makkarone, 51 (1:0).
Chetlatish: Federio Viviani, 90 (V).

19 aprel
«Napoli» — «Bolonya» 6:0
Gollar: Manolo Gabbyadini, 10 (1:0). Manolo Gabbyadini, 35-pen (2:0). Dris Mertens, 58 (3:0). Dris Mertens, 80 (4:0). Dris Mertens, 88 (5:0). David Lopes, 90 (6:0).

Top