21:07 / 21.04.2016
2281

Bloger Xiaomi Mi5 telefonini tajriba uchun sindirib ko‘rdi

JerryRigEverything laqabli bloger yangi Xiaomi Mi5 telefoni mustahkamlik darajasini sinab ko‘rdi. Tekshiruv suratga olingan video blogerning rasmiy kanalida ma'lum qilindi.

Tajribachi yigit bir necha an'anaviy sinovlar o‘tkazdi – tirnalishlarga, olov va egiluvchanlikka chidamliligi sinab ko‘rildi.

Ma'lum bo‘lishicha, telefonning ekrani yuqori haroratga va kantselyariya pichoqchasiga ham chidamsiz bo‘lib chiqdi. Yana bloger qo‘lining o‘zida telefonni bo‘lib tashladi, bu esa telefonning jismoniy ta'sirlarga juda yaxshi himoyalanmagani qayd etilgan.

Top