10:34 / 21.04.2016
2479

Davstatqo‘m: 2016 yilning 1-choragida bozor xizmatlari hajmi 18601,6 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasida 2016-2020 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturiga muvofiq, Hukumat tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda xizmatlar sohasi korxonalari faoliyatini balansli rivojlantirish va diversifikatsiyalashni ta'minlash, ular ko‘rsatadigan xizmatlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan vazifalar amalga oshirilishi ushbu soha jadal rivojlanishiga olib kelmoqda.

Natijada, 2016 yilning yanvar-marti oylarida, xalqaro standartlarga mos keluvchi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi asosida shakllantirilgan bozor xizmatlari hajmi 18601,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,1 foizga o‘sdi.

Jami xizmatlarning o‘sish sur'ati ortishiga quyidagi xizmat turlari katta ta'sir ko‘rsatdi: moliyaviy xizmatlar (122,9 foiz), sog‘liqni saqlash xizmatlari (114,0 foiz), savdo xizmatlari (113,1 foiz), ko‘chmas mulkka bog‘liq xizmatlar (112.5 foiz).

Xizmatlarning umumiy hajmida eng katta ulushni transport (30,3 foiz), savdo (27,3 foiz), moliyaviy xizmatlar (11,9 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (7,1 foiz) egallaydi.

Top