19:14 / 21.04.2016
1827

Time jurnali dunyoning eng nufuzli shaxslari reytingini e'lon qildi

Time jurnali tomonidan har yili tuziladigan eng nufuzli odamlar reytingi e'lon qilindi.

Ushbu 100talikning eng oldingi o‘rinlarini Kristin Lagard, Leonardo Di Kaprio, Mark Tsukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Chan egalladi. Reyting 21 aprel kuni nashriyot rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi-direktori Kristin Lagard “liderlar” toifasida yetakchilik qilgan bo‘lsa, aktyor Leonardo Di Kaprio – “kumirlar”, Mark Tsukerberg va uning ayoli Pristsilla Chan – “titanlar” toifasining avvalgi o‘rinlarini zabt etdi.

TIME eng nufuzli odamlar reytingini birinchi marta 1999 yili e'lon qilgan.

Top