18:47 / 21.04.2016
1746

Ford eski Tesla krossoveriga yangisidan 1,5 marta ko‘p pul to‘ladi

Ford avtokompaniyasi Tesla Model X mashinasini ayni shu modelning yangisiga to‘lanadigan puldan 1,5 marta ko‘p to‘lab xarid qilgan, deb xabar qiladi Bloomberg agentligi.

Ford Tesla modeli uchun 199,95 ming dollar (soliqlar bilan birga 210 ming dollarga yaqin) to‘lagan. Bu mashinaning yangisi kompaniyaga 55 ming dollar arzonga aylanishi mumkin edi.

Agentlikning aniqlashicha, Ford xarid qilgan mashina Founders Series namunasi bo‘lib, undan 100tacha ishlab chiqarilgan. Tesla bu seriyadagi mashinalarni, o‘z rahbariyati, kompaniyaning yaqin do‘stlari, jumladan, Google asoschisi Sergey Brin va boshqa eng yaqin mijozlari uchun ishlab chiqargan.

Ford sotib olgan mashinaning birinchi egasi esa, kaliforniyalik 71 yoshli tadbirkor bo‘lgan. U elektrokrossoverni Tesla’ga 11 nafar yangi mijoz keltirganiga hadya sifatida qabul qilib olgani hamon, Corporate Auto of Auburn Hills kompaniyasiga sotib yuborgan.
Hozirgi vaqtda, Tesla Model X Founders Edition krossoveri xizmatidan Lincoln (Ford tarkibiga kiradi) bosh dizayneri Devid Vudxauz foydalanmoqda.

Top