11:17 / 21.04.2016
1618

Facebook foydalanuvchilarning postlari uchun pul to‘lamoqchi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga ular post joylashtirganlari uchun pul to‘lashni rejalashtirgan. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Ayni damda tarmoq foydalanuvchilar uchun keng turdagi qiziqarli imtiyozlarni qidirmoqda. Shunday qilib, orginal kontentdagi postga "layk" bosgan o‘quvchilar “choy-chaqa”, ehson qoldirishlari yoki reklama daromadlaridan foiz olishlari mumkin bo‘ladi.

Kompaniya foydalanuvchilar repost va layklarni suiiste'mol qila boshlaganliklarini payqagan. Yangi kontentda esa bu kabi holatlar deyarli yo‘q. Bundan tashqari, Instagram kabi xizmatlarning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilarning o‘z suratlarini joylashtirgan postlari sonini kamaytirib yuborgan.

Top