14:59 / 21.04.2016
3702

«Jyeyson Born»ning yangi treyleri namoyish etildi

Universal Pictures’ning YouTube’dagi rasmiy sahifasida Jyeyson Born haqida filmning navbatdagi seriyasiga oid treyler joylashtirildi. Unda bosh qahramon rolini Mett Deymon o‘ynagan.

Treylerda Bornning noma'lum sahroda qoidasiz jangda qatnashib, raqibini bir zarba bilan nokautga uchratganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, Mett Deymon qahramoni o‘tmishinning ayanchli onlarini xotirlaydi, ammo treylerda Juliya Staylz qahramoni aytganidek, «Xammasini xotirlash — barchasini bilishni anglatmaydi».

Film rejissyori Pol Gringrass bo‘lib, film 2016 yil 29 iyulda katta ekranlarga chiqadi. Rossiyada uning namoyishi 1 sentabrdan boshlanadi.

Ushbu film MRB sobiq josusi Jyeyson Born sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi beshinchi kartina bo‘lib, u Deymon va Gringrass o‘rtasidagi uchinchi hamkorlikdagi filmdir.

Top