08:35 / 21.04.2016
1858

La liga, 34-tur. «Real» va «Atletiko» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qildi. Qiyin kechishi kutilgan bu uchrashuvda madridliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Vaskes va Modrich hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi.

«Atletiko» esa safarda «Atletik»ka qarshi uchrashuvdan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Shuningdek, «Valensiya» bu turda yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi, «Eybar» darvozasiga javobsiz 4 gol urildi. «Sevilya»ning omadsizligi davom etgan, jamoa «Sporting Xixon»dan mag‘lub bo‘ldi - 1:2.

«Real» chempionlik poygasida «Barselona» va «Atletiko»ni quvishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur

Real– Vilyarreal 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 41 Benzema, 2:0 – 69 Vaskes, 3:0 – 76 Modrich.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich (Xames, 79), Kazemiro, Kroos (Isko, 73), Vaskes (Xese, 84), Ronaldu, Benzema.
Vilyarreal – Asenxo, Bayi, Rukavina, Mario Gaspar, Bonera, Soriano, Trigeros (Rodri Ernandes, 73), Suares, Dos Santos (Samu, 62), Adrian (Baptistao, 64), Bakambu.
Ogohlantirishlar: Trigeros (44), Danilo (45), Kazemiro (85).

Atletik – Atletiko 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 38 Torres.
Atletik – Iraysos, De Markos, Boveda, Echeyta (Iturraspe, 66), Balensiaga, San Xose, Benyat, Susayeta (Inigo Lekue, 73), Raul Garsiya, Muniain (Inyaki Uilyams, 59), Vigera.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin (Lyuka Ernandes, 11), Filipe Luis, Tomas (Ferreyra Karrasko, 62), Fernandes, Koke, Saul, Torres, Grizmann.

Valensiya – Eybar 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Pako Alkaser, 2:0 – 28 Pako Alkaser, 3:0 – 40 Pako Alkaser, 4:0 – 56 Joau Kanselu.
Valensiya – Diyego Alves, Joau Kanselu, Mustafi, Abdennur, Sikeyra (Gayya, 18), Xavi Fuego, Parexo, Andre Gomesh (Peres, 61), Rodrigo, Pako Alkaser (Negredo, 69), Santi Mina.
Eybar – Riyesgo, Kapa, Ansotegi, Ramis (dos Santos, 82), Junka (Kastelyano, 46), Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales, Keko, Baston (Enrik, 63), Inui.
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (9), Eskalante (60), Abdennur (88).

Sporting Xixon – Sevilya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 8 Iborra, 1:1 – 22, avtogol Kryxovyak, 2:1 – 90 Lopes.
Sporting Xixon – Kuelyar, Lora, Ernandes Rodriges, Xorxe Mere, Lopes, Alvares, Kases, Karmona (Ndi, 66), Xalilovich (Ait-Atman, 82), Djoni (Kastro, 75), Sanabriya.
Sevilya – Riko, Mariano, Rami (Kolodzeychak, 45), Karrisu, Eskudero, Kryxovyak, Kristoforo (Nzonzi, 65), Koke, Iborra (Banega, 73), Konoplyanka, Lorente.
Ogohlantirishlar: Kuelyar (53), Kristoforo (61), Lora (81).

Malaga – Rayo Valekano 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 62 Bayena, 1:1 – 90 Rikka.
Malaga – Ochoa, Rosales, Albentosa, Veligton, Rikka, Anor, Resio (Atsu, 72), Kamacho, Chori Kastro (Orta, 85), Sharles, Chop (Santa Krus, 85).
Rayo Valekano – Xuan Karlos, Marin, Ze Kashtru (Amayya, 42), Lorente, Tito, Ernandes, Bayena (Manushu, 77), Trasorras, Embarba, Miku, Gerra (Xosabed, 54).
Ogohlantirishlar: Lorente (29), Ernandes (37), Resio (66), Trasorras (78).

Bir kun oldingi uchrashuvlarda «Selta »«Espanol »bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi, «Betis »«Las-Palmas»ni mag‘lubiyatga uchratgandi - 1:0. Turning yana 2 uchrashuvi bugun o‘tkaziladi: «Real Sosedad» – «Xetafe», «Granada»– «Levante».

Top