22:05 / 21.04.2016
1597

APLning joriy mavsumi ramziy terma jamoasi tuzildi

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra tuzilgan mavsum ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, David De Xea («Manchester Yunayted») mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan.

Bu terma jamoaning himoya chizig‘i esa Denni Rouz, Tobi Alderveyreld (ikkisi – «Tottenhem»), Ues Morgan («Lester»), Ektor Belerin («Arsenal») kabi futbolchilardan tuzilgan.

Ngolo Kante, Riyod Mahrez (ikkisi – «Lester»), Dele Alli («Tottenhem»), Dimitri Payye («Vest Hem») yarim himoya chizig‘ini tashkil etgan.

Tarkibda ikki hujumchi Jyeymi Vardi («Lester») va Harri Keyn («Tottenhem») o‘rin olgan.

So‘rovnoma APL jamoalari futbolchilari o‘rtasida o‘tkazilgan.

Top