15:40 / 21.04.2016
1440

Luchano Spalletti Yevro-2016dan so‘ng Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga jalb qilinishi mumkin. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar tarqatdi.

Rimdagi nashrning ta'kidlashicha, Italiya futbol federatsiyasi Yevro-2016 musobaqasidan keyin termani tark etadigan Antonio Konte o‘rniga aynan Spallettini taklif etishni ko‘zlab turibdi. Federatsiya rahbariyati mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Spallettining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo murabbiy jamoada Franchesko Totti bilan kelib chiqqan muammo tufayli oldinroq o‘z lavozimidan ketishi mumkin.

Top