16:15 / 21.04.2016
1802

Nazarboyev: Dunyoviy muammolarning ochiq muhokamasi bebahodir

XIII Yevroosiyo Media Forumi ochilishida Qozog‘iston respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, YeOMF tashkiliy qo‘mita raisi Darig‘a Nazarboyeva so‘zga chiqib, Nursulton Nazarboyevning xatini o‘qib bergan. Unda aytilishicha, global muammolarning ochiq muhokamasi tinchlik uchun kurashda juda muhim. Bu haqida TASS nashri xabar beradi.

Qozog‘iston rahbari ta'kidlaganidek, YeOMF "eng yetakchi suhbat maydonlaridan biriga aylandi".

"Bu yerda zamonaviy dunyoning eng dolzarb masalalari muhokama qilinadi, taraqqiyotning yangi paradigmasi va kelajak tasviri shakllanmoqda. Bugungi kunda insoniyat misli ko‘rilmagan sinovlarga duch kelmoqda. Yangi olamning qanday bo‘lishi va bizning umumiy kelajagimiz har birimizga bog‘liq", deya ta'kidladi Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidenti maqsadi - "yer yuzida urushning yo‘q qilinishi" bo‘lgan "Dunyo. XXI asr" Manifestini taklif qilganini eslatib o‘tdi.

"Bu asr umumiy xohishga ko‘ra konstruktiv dialog tantanasi davri bo‘lishi kerak. Forum ishining natijasi, sizlarning yangi g‘oyangiz va tashabbusingiz dunyo kommunikatsiyasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shishiga ishonaman", deb tugalladi o‘z so‘zini prezident.

Sharq va G‘arbdagi muhim masalalarni ochiq muhokama qiluvchi nosiyosiy va notijorat tashkilot hisoblangan YeOMF 50ta mamlakatdan 300 nafar spiker va 400dan ortiq vakillarni qabul qildi. Ularning orasida mashhur iqtisodchilar, jurnalistlar, jamoat arboblari bor. Ikki kunlik forum doirasida forum ishtirokchilari jahon iqtisodiyotining buguni va kelajagini, arab olamidagi o‘zgarishlarning geosiyosiy natijalari, Yevropa ittifoqining istiqbollari, XXI asr informatsion jangi, neft qazib chiqaruvchi davlatlar qiyofasi va televideniye hamda kinosanoatining jamiyatga ta'siri kabi masalalar muhokamaga qo‘yiladi.

Top