20:00 / 21.04.2016
1605

O‘zbekistonda temir yo‘l stansiyalaridan tashilgan yuk hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100 ming tonnaga ortdi

Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2016 yil birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Joriy yilning 27 fevralida Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan 19 kilometrlik tunnelda burg‘ulash, kovlash ishlari to‘liq tugallangan. Hozir so‘nggi pardozlash va po‘lat izlarni yotqizish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Temir yo‘l stansiyalaridan tashilgan yuk hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100 ming tonnaga ortgan. 4,9 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Eksport xizmatlari hajmi 81,4 million dollarni tashkil etgan. 85,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari, jumladan, mahalliylashtirish dasturi doirasida 12,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Temir yo‘llarni reabilitatsiya qilish, lokomotivlarni qayta tiklash, yuk vagonlarining xizmat muddatini uzaytirish ishlari amalga oshirilgan.

Top