09:37 / 21.04.2016
1750

Renault yangi yo‘ltanlamasining suratlari paydo bo‘ldi

Internet tarmog‘ida, Renault’ning 5 metrdan uzunroq yo‘ltanlamasi suratlari paydo bo‘ldi. Maxthon deb atalishi kutilayotgan avtomobil suratlarini Caradisiac nashri chop etdi.

Frantsuz brendi ushbu modelning ilk suratini 2016 yil 19 aprel kuni e'lon qilgandi. Unda tashqi yoritqich chirog‘ining bir qismini ko‘rish mumkin edi. Ikkita suratdan “Reno” yo‘ltanlamasining dizayni, 2015 yilda taqdim etilgan Talisman sedani va universali uslubida ishlab chiqilgani ma'lum bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, Maxthon CMF platformasi negizida teriladi. Ma'lumki, Nissan Qashqai va X-Trial avtomobillari ham ayni platforma asosida barpo etiladi. Unga 3 turdagi motorlar, ikkita 150- va 200-ot kuchiga ega benzinli va 1,6-litr hajmli 160 ot kuchiga ega dizel dvigateli o‘rnatiladi.

Yangi mashina namoyishi 25 aprel kuni ish boshlaydigan Pekin motorshousida bo‘lib o‘tadi. Maxthon Yevropa va Osiyoda sotiladi, Hyundai Santa Fe hamda 7 kishilik Skoda yo‘ltanlamasi unga raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda.

Top