14:06 / 21.04.2016
5688

Samarqand shahar gaz boshqarmasi yangi rahbari jiddiy choralar ko‘rish niyatida

O‘tgan haftada, «Samarqandshahargaz» boshqarmasiga yangi rahbar sifatida tayinlangan Akbar Bahriyev, ko‘p yillar mobaynida aholini tashvishga solib kelayotgan sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun keskin choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Aytish mumkinki, boshqarma boshlig‘i o‘zgarishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Axir, bu lavozimda o‘tirganlarning oxirgisi 9 oy vazifasini ado etgan bo‘lsa, undan avvalgi 3 nafar rahbar atigi uch oydan boshqarmani boshqargan.

Albatta, bu holat birinchi galda, «O‘ztransgaz» va mahalliy hokimiyat rahbariyatiga jiddiy savollarni qo‘yadi. Axir, rahbar qanchalik iqtidorli bo‘lmasin, qisqa muddat ichida o‘zini namoyon etishi dargumon, deb yozadi gazeta.uz internet nashri.

Bungacha, Bahriyev «Suvoqova» shahar boshqarmasiga 11 yil davomida rahbarlik kilib, bu sohada tartib-intizomni tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

Top