10:20 / 21.04.2016
1832

Suares 21-asrda La Liga doirasida bir o‘yindagi 7 golda ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares 21-asrda Ispaniya chempionatining bir uchrashuvida 7ta golda ishtirok etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta ma'lumotida aytilgan.

«Deportivo»ga qarshi uchrashuvda (8:0) urugvaylik 29 yoshli futbolchi 4 gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Suares primeraning ushbu mavsumida umumiy 30ta gol urdi va 15 golli uzatma oshirdi.

Shuningdek, uning mavsum davomida turli turnirlarda urilgan gollari soni 49taga yetdi. Bu orqali braziliyalik sobiq hujumchisi Ronaldoni ortda qoldirdi. 1996-97 yilgi mavsumda «Barselona» safida «so‘yloqtish» barcha turnirlarda jami 47ta gol urgandi.

«Barselona»da bir kalendar yili davomida eng ko‘p golni Lionel Messi urgan. 2011-12 yilgi mavsumda u jami 73ta gol urgan.

Top