23:02 / 22.04.2016
1906

«Barselona» muxlisasi Ronalduning navbatdagi ma'shuqasi ekani taxmin qilindi

Meksikalik uchuvchi qiz Alehandra Manrikes «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning navbatdagi ma'shuqasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Goal xabar tarqatgan.

Alehandra Manrikes o‘zining instagram sahifasiga Krishtianu Ronaldu bilan do‘stona tushilgan suratini joylashtirgan. Bunga qadar Alehandra Ronaldu bilan samalyot bortida tushilgan suratni ham namoyish qilgandi.

Alehandra Manrikesning sahifasida u Kataloniyaning «Barselona» klubiga ishqibozlik qilishi ko‘rinib turadi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «Barselona» jamoasi libosida tushgan bir qator suratlari bor bo‘lib, ular orasida Messi qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p»lar yonidan uyushtirilgan reportajni ham ko‘rish mumkin.

Uning instagramda niki Babywingz bo‘lib, uning o‘quvchilari soni 30 mingdan ortiq.

Top