10:20 / 22.04.2016
1476

Britaniya bukmekerlari «Lester» APLda chempion bo‘lsa, 10 mln funtga yaqin mablag‘ to‘laydi

Britaniya bukmekerlari agar «Lester» Angliya chempionligini qo‘lga kiritsa, juda katta miqdorda mablag‘ to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Gap 10 million funt atrofidagi pul haqida ketmoqda. Mavsum avvalida «Lester»ning mamlakat chempionatidagi g‘alabasi uchun koeffitsiyent 5000ga 1 ko‘rinishida edi, Rojdestvo bayramidan keyin bu ko‘rsatkich 1000ga 1 ko‘rinishiga tushgandi.

«Lester»ning chempionlikni qo‘lga kiritishi stavkalar tarixidagi eng achinarli holatni keltirib chiqaradi. Bu biz uchun juda qo‘rqinchli moliyaviy natija beradi. Natijada biz rekord darajadagi mablag‘ to‘lab berishimiz lozim bo‘ladi», – deydi Ladbrokes bukmekerlik idorasi direktori Aleks Donaxyu.

Britaniyaning bosh bir kompaniyasi Betfred kimdir «Lester»ning g‘alabasi uchun tikkan bo‘lsa, ularga to‘lovni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

«Kimdir ularni ortda qoldirib ketishiga ishonmayman», – deydi Betfred rahbari Fred Dan.

Top