06:40 / 22.04.2016
1361

Jurnalistlar: FQB San-bernardinolik terrorchining ayfonini ochish uchun xakerlarga 1,3 mln dollardan ko‘proq haq to‘lagan

Jurnalistlar AQSh Federal qidiruvlar byurosi San-bernardinolik terrorchi Said Farukning ayfonini ochish uchun xakerlarga 1,3 mln dollardan ko‘proq haq to‘laganini hisoblab chiqishdi.

Londonda xavfsizlik bo‘yicha anjumanda FQB direktori Jyeyms Komi smartfonni ochish uchun anchagina mablag‘ talab qilinganini aytgan, biroq aniq raqamlarni keltirmagandi.

"Juda ko‘p. Bu qiymat lavozimim muddati tugaguncha olishim mumkin bo‘lgan puldan ko‘ra ko‘proq. Bu vaqtgacha esa 7 yilu 4 oy qoldi. Biroq, fikrimcha, ketgan mablag‘ bunga arziydi", deb aytgandi Komi.

Shunga asosan jurnalistlar hisob-kitob qilishga tushib ketishdi: Oq uy ma'lumotlariga ko‘ra, Komining 2015 yil yanvardan boshlab har yilgi daromadi 183,3 ming dollarni tashkil qiladi. Agentlik FQB rahbari o‘zining vakolati tugaguncha 1,3 mln dollardan ko‘proq pul olishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan.  

Eslatib o‘tamiz, FQB Apple smartfonni ochib berishdan bosh tortgandan keyin, xakerlarga yordam so‘rab murojaat qilgandi.

Top