15:57 / 22.04.2016
2219

Ko‘zgu qarshisidagi yigit navbatdagi “internet-bum”ga sabab bo‘ldi

Amerikalik Kevin Perri g‘aroyib video oldi. U qo‘lidagi koptokcha yordamida ko‘zgudagi aksi bilan o‘yinga kirishgan. Ko‘zguga qarab otilgan koptokcha unga tegib ortga qaytmagan, aksincha ko‘zguning narigi tarafida turgan Kevinning qo‘liga borib tushgan. O‘yin shu tarzda davom etgan.

Bu rolik internet foydalanuvchilar hayratiga sabab bo‘ldi. qoldirilgan izohlardan shuni bilish mumkinki, bu omadli videomontaj, odamlarni aldash yoki mo‘'jiza.

Video internetda aprel oyi boshida chiqdi va shu paytga qadar 6 milliondan ziyod tomosha qilindi.

Top