23:00 / 22.04.2016
1389

Obama Liviyaga qo‘shin yuborish rejasi yo‘qligini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama ayni vaqtda AQSh hukumatida Liviyaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborish rejasi yo‘qligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Obama, shuningdek, AQSh IShID terrorchilik guruhi Liviyada kuch yig‘ishni boshlayotganini ko‘rishi bilanoq qo‘shinlarni yuborishini ta'kidlab o‘tdi.

Obama, Liviyaning milliy hukumatini qo‘llab-quvvatlash G‘arb davlatlari uchun oson ish bo‘lmaydi, deb aytdi.

Avvalroq Buyuk Britaniya Liviyaga iqtisodiyotni tiklash va terrorchilikka qarshi kurashish uchun 10 mln funt sterling ajratishi ma'lum qilingandi.

Liviyaning yangi hukumati mamlakatning amaldagi hukumati sifatidagi mavqeini mustahkamlab olmoqchi, uni ko‘plab g‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlamoqda. Yevropa Ittifoqi va AQSh Muammar Kaddafi taxtdan ag‘darilgandan keyin Liviyadagi vaziyatni o‘nglashga harakat qilmoqda. Yevropa Liviyada IShID jangarilarining ko‘payib borayotganidan xavotir bildirmoqda.

Top