12:27 / 22.04.2016
2403

2016 yilning 1-choragida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 5 millionga yaqin yo‘lovchi tashidi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 2016 yilning birinchi choragida 4,9 mln. kishining uzog‘ini yaqin qilgan. Kompaniya boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Davron Dexqonov shu haqda ma'lum qilgan.

Uning bildirishicha, hisobot davrida kompaniya tomonidan yuk tashish ko‘rsatkichi 16,7 mln. tonnani tashkil etgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100 ming tonnaga ko‘p demakdir.

2016 yil yanvar-mart oylarida kompaniya tomonidan o‘zlashtirilgan sarmoya hajmi 187,47 mln. dollarni tashkil etgan. Yil oxirigacha, jami 799,22 mln. dollarlik sarmoya o‘zlashtirish rejalashtirilgan, deb yozmoqda uzdaily.uz.

Ushbu mablag‘lar muhim investitsiya loyihalariga yo‘naltirilmoqda. Xususan, Angren-Pop, Samarqand-Buxora temir yo‘llarini elektrlashtirish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Joriy yilda Samarqand-Buxoro yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezdi ham qatnay boshlaydi. Shuningdek, "Navoiy-Konimex-Misken" temir yo‘li qurilmoqda.

Fevral oyida Angren-Pop temir yo‘li loyihasi tarkibiy qismi bo‘lgan, Qamchiq dovonidan o‘tuvchi yerosti tunneli tutashtirilgan edi. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda unda jilo berish, izlarni yotqizish va elektrlash ishlari yakunlanmoqda.

Avgust oyi so‘nggida, "Toshkent-Buxoro" tezyurar poyezdi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2017 yili "Qarshi-Termiz" temir yo‘lini elektrlashtirish yakunlanadi.

Top