19:42 / 22.04.2016
1383

Polsha sobiq moliya vaziri Ukraina vazirlar mahkamasida prezident vakili etib tayinlandi

Polsha sobiq moliya vaziri Leshek Baltserovich Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning vazirlar mahkamasidagi vakili etib tayinlandi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb-saytida ma'lum qilindi.

Qaror 22 kuni imzolangan.

Xabarga ko‘ra, prezident va Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman Baltserovich va Ivan Miklosh bilan uchrashuv o‘tkazgan. Ivan Mikloshni amaldagi bosh vazir avval Ukraina moliya vaziri postiga taklif etgandi.

Top