17:55 / 22.04.2016
1361

Ruminiya qarzi sababli “Yevrovideniye”da qatnasha olmaydi

Ruminiya qarzlari tufayli “Yevrovideniye”da ishtirok etishdan mahrum etildi. Bu haqda musiqiy tanlovi saytida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu mamlakat vakili Ovidiu Anton ikkinchi yarimfinalda ishtirok eta olmaydi, chunki Ruminiya televideniye korporatsiyasi (TVR) loyiha tashkilotchilaridan 16 million Shveytsariya franki (taxminan 14,5 million yevro) qarzdor.

TVR “Yevrovideniye”da qatnasha olmaslikdan tashqari Yevropa tele-radiolar ittifoqi xizmatilari, jumladan Eurovision News va Sports News Exchanges’dan ham mosuvo bo‘ladi.

Musiqa tanlovining ikkinchi yarim finali 12 mayga mo‘ljallangan. Qolgan chiqishlarning tartibi o‘zgarmagan.

“Yevrovideniye”ning rasmi CD’si muomalaga chiqarilgan, unda ruminiyalik ishtirokchining qo‘shig‘i ham bor. Artistning hurmati uchun bu kompozitsiya yuklab olish imkoni saqlanib qoladi.

Top