18:45 / 22.04.2016
5470

Termizdagi yo‘lbars bolalariga “Ter” va Miz” deb nom qo‘yildi

Mart oyining oxirlarida internetda shahar ko‘chalarining birida Amur yo‘lbarsini yetaklab olgan kishining videosi paydo bo‘lib, ko‘pchilikning vahimasiga sabab bo‘lgan. Ba'zilar videodagi shahar Toshkent ekani, undagi yo‘lbarsvachchani poytaxtdagi havonot bog‘ida ko‘rganligini ma'lum qilgan. Ushbu video yuzasidan “Darakchi” gazetasining 2016 yil, 14 aprel sonida berilgan ma'lumotga ko‘ra, videodagi yo‘lbars yetaklagan odam Rossiyaning Ryazan shahridagi “Korona” nomli shapito-sirki xodimi bo‘lib, u shirakayf holda sirkka tegishli Amur yo‘lbarsini yetaklab chiqqan ekan.

Ma'lumot uchun: Toshkent shahar hayvonot bog‘i ilmiy-ma'rifiy bo‘lim boshlig‘i Vladimir Golovonovning “Darakchi” gazetasiga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkentda 7ta Amur yo‘lbarsi bo‘lib, ularning bemalol yashashi, ko‘payishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Yil boshida Amur yo‘lbarslari 6ta bo‘lib, fevral oyi oxirida Moskva shahri hayvonot bog‘idan 1,5 yashar yo‘lbars bolasi keltirilgan. Yo‘lbars bolasi Navro‘z bayrami arafasida keltirilgani bois unga Navro‘z deb nom qo‘yilgan.

Ushbu maqolada Termiz shahar hayvonot bog‘i direktori Chori Sattorovning aytishicha, Termiz shahrida 5ta Amur yo‘lbarsi yashaydi. Ularning biri bolalaganda yo‘lbarsvachchalarga “Ter” va “Miz” nomlari qo‘yilgan.

Top