21:31 / 23.04.2016
2059

Mozambik XVJdan 1 mlrd dollarlik tashqi qarzi borligini yashirmoqchi bo‘lgan

Mozambik hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralarda mamlakatda 1 mlrd dollarlik tashqi qarz borligini yashirgan, deb ma'lum qildi XVJning Mozambikdagi missiyasi vakili Mishel Lazar. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Lazar bu haqda XVJ rahbariyatining Mozambik hukumati bilan muzokaralari natijalariga ko‘ra aytdi. Uning aytishicha, Mozambik hukumati bu holatni xalqaro ekspertlar oldida endi oshkor qilgan.

"Mozambik hukumati avvalroq jamg‘armaga hukumat kafolati bilan olingan 1 mlrd dollarlik tashqi qarzi borligini ma'lum qilmaganini tan oldi", deb aytdi Lazar.

Jamg‘arma ekspertlari Mozambik iqtisodiyoti uchun bunday katta qarz qanday oqibatlarga olib kelishini tahlil qilishmoqchi.

Mozambik yalpi ichki mahsuloti taxminan 16 mlrd dollarga baholanadi. Mamlakatda 27 mln kishi yashaydi.

Top