16:04 / 23.04.2016
1634

O‘zPFL Oliy Liga klublarining 4 nafar matbuot kotibiga hayfsan e'lon qildi

Oliy Liga 5-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» – «Mash'al», «Nasaf» – «Qo‘qon-1912», «Metallurg» – «Obod» hamda «Buxoro» – «Andijon» uchrashuvlaridan so‘ng mezbon jamoalar matbuot xizmati hisobotlarni O‘zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yubormagan. Reglament talabiga bo‘ysunmagani uchun, mazkur klublar qattiq ogohlantiriladi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasidagi 2016 yilgi musobaqalar reglamentining 19-moddasi 19.22-bandiga muvofiq, Oliy Liga klublari matbuot kotiblari uy uchrashuvlari hisobotlari (uchrashuv protokoli nusxasi, fotosuratlar va boshqa ma'lumotlar)ni O‘zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yo‘llashi shart hisoblanadi.

Reglamentning 19-moddasi 19.22-bandi talablarini bajarmagan klublarga nisbatan Oliy Liga 6-tur uchrashuvlaridan boshlab moliyaviy jarima choralari qo‘llaniladi.

Top