20:01 / 23.04.2016
1858

Samsung tekis va egik ekranli Galaxy Note 6 fabletlarini sinovdan o‘tkazmoqda

Internet tarmog‘idagi manbalar, Samsungning yangi mahsuloti Galaxy Note 6 ga oid norasmiy ma'lumotlarni e'lon qilmoqda. Ularga ko‘ra, Janubiy Koreya giganti, gajyetning ikki xil ko‘rinishini, tekis ekran va yonlari egilgan ekranga ega namunalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Ularning ikkisi ham o‘lchami jihatidan bir xil, ekranlar diagonali taxminan 5,8 dyuymlar atrofida. Uning tasvir o‘lchami QHD (2560 × 1440).

Bundan tashqari, ikki xil chipsetlar haqida so‘z yuritilmoqda. Bular: Exynos 8 Octa 8890 (8ta hisoblash yadrosi, ARM Mali-T880 grafik kontrolleri) va Snapdragon 823 protsessori (to‘rt yadro, Adreno 530 grafik bloki).

Operativ xotira, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra 6 gigabaytni tashkil etadi.

Taxminiy tavsiflar orasida microSD xotira kartasi uchun slot, USB Type-C simmetrik porti ham qayd etilgan. Unga 4000 mA•soat hajmli batareya o‘rnatiladi.

Galaxy Note 6 fableti shuningdek, chang va namga chidamli qilib ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, unga telefon egasining ko‘z kosasidan nusxa oladigan yangi skaner o‘rnatilishi mumkin.

Galaxy Note 6 ning rasmiy taqdimoti joriy yoki kelayotgan chorakda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Top