10:06 / 23.04.2016
1583

Tailandning sobiq bosh vaziri olamdan o‘tdi

23 aprel kuni Tailandning sobiq bosh vaziri Banxarn Silpa-archa 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Bangkok Post xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, u biroz avvalroq astma tufayli shifoxonaga yotqizilgandi.

Ma'lumot uchun, u 1995-1996 yillarda Tailand bosh vaziri bo‘lgan.

Ushbu siyosatchi 1980-1988 yillarda qishloq xo‘jaligi vaziri hamda mamlakat transport vaziri bo‘lgan. 1988 yildan esa Tailand sanoat vaziri sifatida ishlagan, 1990 yildan ichki ishlar vazirligi rahbari, biroz o‘tib, 1995 yilgacha moliya vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Top