06:58 / 24.04.2016
1269

Bag‘dodda ikkita terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dodda ikkita terakt sodir etildi. Teraktlar oqibatida umumiy hisobda 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Birinchi terakt shaharning shimolida, xavfsizlik xizmati nazorat-o‘tkazish punktida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. Buning oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.  

Poytaxtning janubida harbiylar kolonnasi yonida minalashtirilgan avtomobil portlatilishi oqibatida yana 2 kishi halok bo‘ldi.

Politsiyaning ta'kidlashicha, qurbonlar soni yanada ko‘payishi mumkin.

Ayni vaqtda ushbu teraktlar uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Top