11:52 / 24.04.2016
1583

Fabregas golli uzatmalar borasida Runi va Berkampdan o‘tib ketdi

“Chelsi” yarim himoyachisi Sesk Fabregas Angliya chempionatining 35-tur doirasida “Bornmut” bilan kechgan o‘yinda (4:1) uchta golli uzatma berdi. 28 yoshli futbolchi APLdagi golli uzatmalari sonini 95 taga yetkazdi.

U bu bilan APL tarixda golli uzatmalar qilgan futbolchilar ro‘yxatining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Uning keyingi o‘rinlarda Ueyn Runi va Dennis Bergkamp (ikkalasida ham 94 ta golli uzatma) bormoqda. Fabregasdan oldingi o‘rinlarni esa Frenk Lempard (102) va Rayan Giggz (162) egallagan.

Top