09:56 / 24.04.2016
1365

Luis Enrike: “Mukammal jamoa bo‘lmaydi, eng muhimi barqarorlikdir”

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Sporting” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (6:0), chempionlik poygasi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Keyingi bosqichlarda kuchli uchlikdan biri muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, deb o‘ylamayman. Shu bois men “Atletiko” va “Real” uchrashuvlaiga ahamiyat qaratmayman.

Men biladigan yagona narsa shuki, keyingi uch turdagi g‘alabalar bizga chempionlikni olib beradi.

Men jamoada ko‘tarinki kayfiyat shakllantirdim, chunki futbolchilarim yomon vaziyatda qolishgan edi. Mukammal futbolchi yoki jamoa bo‘lmaydi, eng muhimi barqarorlikdir”, – dedi Enrike.

Top