23:40 / 24.04.2016
3373

Nyu-Yorkda 14,1 mln dollarlik noyob yoqut sotildi

Nyu-Yorkda Christie’s auksionida 14,1 mln dollarlik Birma yoquti sotildi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda.

15,99 karatlik qimmatbaho toshning nomi Jubilee Ruby bo‘lib, dunyodagi eng katta yoqutlardan biri hisoblanadi. Dumaloq shaklga ega tosh olmos jiyak bilan bezalgan va Verdura zargarlik uyida yasalgan tilla uzukning bir qismi hisoblanadi.

Christie’s auksionining xalqaro bo‘limi boshlig‘i Raul Kadakiyaning aytishicha, 15 karatdan og‘irroq bo‘lgan bunday sof Birma yoquti rangli qimmatbaho toshlar olamida umuman kam uchraydi, shuning uchun uning narxi o‘zini oqlaydi.

Top