17:09 / 24.04.2016
1502

OAV: Erdo‘g‘an karikaturasi sabab Niderlandiya elchisi Turkiya TIVga chaqirildi

Niderlandiya matbuotida Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘anning karikaturasi chop qilingach, Respublika TIVga Niderlandiyaning mamlakatdagi elchisi Kornelis vann Rij chaqirtirildi. Bu haqda Huriyett gazetasi yozmoqda.

"TIV e'lon qilingan karikatura yuzasidan norozilik bildirgan", — deb yozadi nashr. Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, «elchi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Gollandiyaning Rotterdam shahrida joylashgan Turkiya elchixonasiga elektron maktub yo‘llashni so‘ragan». Xatda ushbu karikaturalar shaxsan Erdo‘g‘anga qaratilinganmi yoki Respublikagami, aniqlik kiritish so‘ralgan.

Top