08:33 / 24.04.2016
1789

Pentagon Shimoliy Koreya suv osti kemasidan raketa uchirganini qayd qildi

Shimoliy Koreya tomonidan navbatdagi galda uchirilgan raketa AQShga xavf solishi mumkin emas, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mitasida Shimoliy Koreya tomonidan Yapon dengizida raketa uchirilgan bo‘lishi mumkinligiga izoh berish vaqtida aytildi. Janubiy Koreya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, raketa Xamgyon-Namdo viloyatidagi Sinpxo port shahridan 2 ming tonnalik suv osti kemasidan uchirilgan.

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi ham raketa uchirilishiga izoh berib, u BMT Xavfsizlik kengashining bir necha rezolyutsiyalarining buzilishi hisoblanishini aytdi. Kirbi navbatdagi marta Pxenyanni Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorsizlantirishdan voz kechishga va xalqaro majburiyatlarini bajarishni boshlashga chaqirdi.  

Avvalroq Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Su Yon sanksiyalarning kengaytirilishiga ishora qilib, AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan tajovuzkor siyosat yuritayotganini aytgan. Li Su Yon "Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlarcha siyosatni bas qilishga" chaqirdi hamda "oxirgi kulgan hammadan yaxshi kulishini" aytdi. Siyosatchi Shimoliy Koreya g‘alaba qozonishini, chunki "buni o‘rtoq Kim Chen In istayotganini" aytgan.

Top