18:54 / 24.04.2016
2049

Rossiyalik futbol murabbiyi Anatoliy Bishovets 70 yoshga to‘ldi

Rossiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Anatoliy Bishovets bugun, 24 aprel kuni o‘zining 70 yoshini nishonlamoqda.

Bishovets ilk bor Kiyevning «Dinamo» jamoasida to‘p surgan: 139 ta o‘yinda 49 ta gol kiritgan. To‘rt karra chempion (1966, 1967, 1968, 1971 yillar) va ikki karra sobiq ittifoq Kubogi sohibi (1964, 1966 yillar).

Sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida 39 o‘yinga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U Yevro-1968 va JCh-1970 musobaqalarida ishtirok etgan.

U futboldagi faoliyatini tizzasidan olgan kuchli jarohat tufayli erta — 27 yoshida tugatishga majbur bo‘lgan.

Murabbiylik faoliyatida esa, sobiq ittifoq yoshlar jamoasini, olimpiya jamoasini (ular bilan 1988 yil o‘tgan o‘yinlarda oltin medalni qo‘lga kiritgan) va sobiq ittifoq kattalar jamoasini boshqargan. Bundan tashqari Moskvaning “Dinamo” klubini, Janubiy Koreya va Rossiya terma jamoalarini, shuningdek, “Zenit”, “Lokomotiv” va boshqa klublarni boshqargan.

Top