15:39 / 24.04.2016
1663

Shveytsariyalik aeronavt Pikar Solar Impulse 2 samolyotida Amerikaga yetib keldi

Shveytsariyalik aeronavt Bertran Pikar Solar Impulse 2 (Si2) quyosh batareali samolyotda 23 aprel kuni Kaliforniya shtatining Mauntin-Vyu degan joyiga qo‘ndi. Gavayi shtatidan bo‘lgan parvozga uch kun vaqt ketdi.

Aeronavt Si2 samolyotini San-Frantsiskodagi “Oltin darvoza”ga olib kelish va'dasining ustidan chiqdi. "Men qurilmani ko‘prik yoniga olib keldim. Men rasmiy ravishda Amerikadaman", — dedi shveysariyalik.

Uning hamkasbi Andre Borshberg Kaliforniyaga odatiy samolyotda yetib olgan edi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv San-Frantsisko ko‘rfazi ustida kechdi.

Top