09:23 / 25.04.2016
10437

Andijon viloyatida fuqarolar yig‘ini raisi va ularning maslahatchilari sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

Joriy yil may-iyun oylarida o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘ini raisi va ularning maslahatchilari sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Ushbu muhim tadbirning demokratik tamoyillar asosida yuqori saviyada o‘tishini ta'minlash borasida Andijon viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi 2 shahar, 14 tuman komissiyasi hamda 868 mahalla, 94 qishloq va 6 shaharcha fuqarolar yig‘inlarida jami 968 ishchi guruhi tuzildi. Ular belgilangan reja asosida faoliyat olib bormoqda. Komissiyalar va ishchi guruhlarga zarur sharoit yaratib berildi, tegishli qo‘llanma va adabiyotlar bilan ta'minlandi.

Joylarda saylovoldi tushuntirish-targ‘ibot ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Tuman va shahar komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari, ishchi guruhlar rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida viloyat, tuman va shaharlar miqyosida ko‘plab seminar-yig‘ilishlar o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalari orqali muntazam chiqishlar qilinmoqda. Qisqacha aytganda, mahalla hayotidagi bu muhim jarayonga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid
Top