15:06 / 25.04.2016
1568

«Bavariya» sport direktori Mattias Zammerda miya qon aylanish tizimidagi muammolar borligi qayd etildi

Germaniyaning «Bavariya» klubi sport direktori Mattias Zammer miya qon aylanish tizimidagi muammolari sabab so‘nggi uchrashuvlarda ishtirok eta olmagan. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Jamoa shifokori Roland Shmidtning ta'kidlashicha, mazkur salomatlikdagi buzilish to‘liq o‘z holatiga keltirilgan va 48 yoshli menejyer uchun zararsiz o‘tgan.

«Shifokorlar soppa-sog‘ ekanimni va odatiy hayotga qaytishim mumkinligini ta'kidlashdi. Jamoa uchun bor kuchimni berib ishlashim uchun menga biroz vaqt kerak bo‘ladi», – deya ta'kidlab o‘tgan Zammer.

«Hozir uning dam olishi muhim. Mattias o‘z ishini hech qanday cheklovlarsiz bajarishga qaytishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha kutishga tayyor ekanimizni yaxshi biladi», – deya gapirgan «Bavariya» direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge.

Top