Angliyaning «Lester» klubi sobiq futbolchisi, VVS telekanali futbol eksperti Gari Lineker «tulkilar» yarimhimoyachilari N‘golo Kante va Riyoz Mahrez haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Agar qachondir Yer shariga asteroid tushishi xavfi mavjud bo‘lsa, ishonchim komilki, o‘shani ham Kante to‘xtatib qoladi», deya o‘z tvitterida yozib qoldirgan sobiq futbolchi.
«Mahrezni mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani bilan tabriklayman. U ajoyib futbolchi. Uning o‘yinini tomosha qilish – haqiqiy maroq baxsh etadi», deya futbolchiga ta'rif bergan Lineker.
«Lester» ayni vaqtda «Tottenhem»ni 8 ochko farq bilan ortda qoldirib, mavsum chempionligiga erishish uchun yaqinlashmoqda.