09:45 / 25.04.2016
1719

Internetda Mark Tsukerbergning 11 yil avvalgi intervyularidan biri paydo bo‘ldi

Devid Fincher tomonidan 2010 yilda suratga olingan “Ijtimoiy tarmoq” filmi Facebook’ning dastlabki kunlarini yoritib berishda katta iz qoldirdi va bizlarga kollej talabasi Mark Tsukerbergning hayotiga nazar tashlashga imkon berdi.

Biroq mazkur film ham yosh startapchi Tsukerbergning o‘sha vaqtlardagi hayotini to‘liq va oydin ko‘rsatib bera olmagan.

Quyidagi video 2005 yilda Facebook’ning Palo-Altodagi idorasida suratga olingan bo‘lib, unda oddiygina, betartib xonada pivo idishlari to‘planib yotganini ko‘rish mumkin. Intervyuda tarmoqning bosh direktori hamkasblarga onlayn katalog haqida so‘zlab beradi.

Hozirda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebook’ning qariyb 11 yillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, shu o‘rinda bu video 1973 yilda dunyodagi eng yirik kompaniyaga asos solgan Bill Geytsning suratini yodga soldi. Bu vaqtda u ham yaqin kelajakda dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylanishini tasavvur qilmagandi.

Top