17:14 / 25.04.2016
2390

Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti shifokorlari O‘zbekistonda bo‘ladi

“Sog‘lom avlod uchun” fondi 2015 yil davomida Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro fondi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH fondi, Ewha Womans University, In Xa va Bundan Cha universitetlari gospitallari bilan hamkorlikda tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog‘lomlashtirdi.

Jumladan, fond uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari va Universitetlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamda faoliyat olib bormoqda. Fond 2015 yildan boshlab Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Koreya Respublikasining ushbu tashkiloti bilan oftalmologiya sohasidagi xayriya aksiyasi 2015 yil 18-21 may kunlari Buxoro shahridagi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “Daewoo International” korporatsiyasi homiylik ko‘magida tashkil etilgan. Xayriya aksiyasi davomida jami 707 nafar aholi (kataraktani bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish borasidagi bemorlarga dori-darmonlar, ko‘zoynaklar tarqatilgan) oftalmologik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 93 nafar og‘ir deb topilgan kataraktani bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish borasidagi bemorlar jarrohlik amaliyoti orqali sog‘lomlashtirilgan. Shuningdek 2-5 noyabr kunlari Farg‘ona viloyati oftalmologiya klinikasida jami 835 nafar aholini tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, 119 nafar og‘ir deb topilgan ko‘z sohasidagi bemorlar jarrohlik amaliyoti orqali sog‘lomlashtirilgan.

Ushbu ishlarni davom ettirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 19 aprelda tasdiqlangan 10/1-3331-sonli tashrif Dasturi doirasida joriy yilning 24-29 aprel kunlari Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti shifokorlari (16 nafar tashkilot xodimi, oftalmolog vrachlar, tibbiyot hamshiralari, volonter) tomonidan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 25-28 aprel kunlari (soat 08:00 dan 19:00 gacha) Buxoro va Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi bemorlarni kataraktani bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish borasida umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi.

Joriy yildagi xayriya aksiyasi davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “Vision Care Servise” xalqaro tashkilotlari o‘zaro kelishuv memorandumi doirasida jami 300 nafardan ortiq ko‘z sohasida kasalligi bo‘lgan bemorlar oftalmologik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va 80 nafar atrofidagi bemorda kataraktani bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarga xorijlik mutaxassislar o‘zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigeina vositalarini bemorlarga bepul tarqatishdi.

Top