17:52 / 25.04.2016
1297

Kreml Obamaning Suriyaga harbiylar yuborish to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Baraka Obaning Suriyaga 250 amerikalik harbiyni yuborishi to‘g‘risidagi e'loniga izoh berar ekan, rossiyalik harbiylar Suriya hududida qonuniy hamda xalqaro huquq qoidalariga mutanosib ravishda saqlanayotganini eslatib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

"Bu o‘rinda faqat bir gapni ta'kidlashimiz kerak, Rossiya kontingenti Suriya hududida qonuniy asosda bo‘lib turibdi. Suriya Arab respublikasi hukumati rasman murojaat bilan Rossiya harbiylarini chaqirgan", deydi u.

Bundan oldinroq, Obama mahalliy harbiylarning IShID terrorchilariga qarshi kurashiga yordam berishlari uchun 250 nafar amerikalik harbiyni Suriyaga yuborishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

Top