16:07 / 25.04.2016
1419

Lavrov 5 oy ichida Suriyaning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Rossiya Suriyaning yangi konstitutsiyasi BMT talabidagi 6 oydan ham tezroq vaqt ichida ishlab chiqilishini istaydi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Biz bu jarayon uchun kamroq vaqt sarflanishini va 5 oy ichida Suriyaning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilib, referendum o‘tkazilishini istaymiz", degan u Moskvadagi matbuot anjumani vaqtida.

Shu bilan birgalikda vazir bu natijaga erishish uchun "jim qarab turmaslik va eshiklarni yopib olmaslik" kerakligini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, Suriya bosh vaziri Voil al-Xalqi Damashq yangi hukumat shakllanganidan keyin konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi.

Top