10:15 / 25.04.2016
2142

«Match TV» muxbiri «Kuban» klubi murabbiyidan flesh-intervyu olishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi

«Match. Nash futbol» telekanali muxbiri Vyacheslav Abdusalomov Rossiya premer-ligasi 25-tur doirasidagi «Anji» — «Kuban» (1:0) uchrashuvdan keyin «Kuban» bosh murabbiyi Sergey Tashuyev bilan uyushtirgan flesh-intervyusi paytida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Ma'lumot uchun, uchrashuvda maxachqal'aliklar tomonidan tomonidan kiritilgan yagona gol penaltidan urilgan bo‘lib, raqib posboni Aleksandr Belenov qo‘pollik ishlatganidan keyin 11 metrlik jarima to‘pi belgilangan va Belenov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

Flesh-intervyu mobaynida «Nash futbol» jurnalisti bir qator savollar bilan birga Tashuyevdan Belenovni nega almashtirgani, balki u maydonda qolganda penaltini qaytarishi mumkinligi haqida so‘ragan. Ammo «Kuban» bosh murabbiyi jurnalist xatosini oddiy qabul qildi va unga darvozabon maydondan chetlatilganini eslatib o‘tdi.

Top