18:11 / 25.04.2016
6634

O‘zDJTUda “Xitoy tili ko‘prigi“ musobaqasining yangi g‘olibi aniqlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 15-marta o‘tkazilayotgan “Xitoy tili ko‘prigi” butun dunyo talabalari o‘rtasidagi xalqaro musobaqaning O‘zbekistondagi saralash bosqichiga mezbonlik qildi.

Musobaqada XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Li Tse, TDShI qoshidagi Konfutsiy instituti direktori Di Syao Sya, O‘zDJTU rektori Shuhrat Qayumov, elchixona xodimlari, Xitoy madaniyat markazi, TDShI qoshidagi Konfutsiy instituti xodimlari, SamDU qoshidagi Konfutsiy instituti xodimlari ishtirok etishdi.

Tanlov to‘rt shart asosida o‘tdi:
- xitoy tili bilimlarini sinash maqsadida savol-javob o‘tkazish;
- erkin mavzuda ijodiy chiqish (notiqlik san'ati);
- ifodali o‘qish;
- san'at va madaniyat bilan bog‘liq sahna ko‘rinishi.

Musobaqada O‘zDJTUdan 2 nafar, ToshDShI dan 3 nafar, SamDU dan 2 nafar, Farg‘ona davlat universitetidan 1 nafar talabalar ishtirok etdi.

Barcha shartlarda muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zDJTU talabasi Yashnarbekova Mushtariy yakunda oliy o‘rinni egallab, XXRda o‘tkaziladigan Xitoy tili ko‘prigi musobaqasida qatnashish uchun yo‘llanma oldi.

Top